Extreme Weather - Past Simple va Used to testi
"Extreme Weather" darsi bo'yicha 15 savollik test: Past Simple va used to farqi, inkor/so'roq shakllari, usually va be used to bilan chalkashmaslik. Daraja: A2 dan B2 gacha.
Extreme Weather - Past Simple va Used to testi
Quyida ko‘rinish. Yuqoridagi tugma orqali brendlangan PDF yuklab oling (to‘g‘ri javoblar yashil belgilanadi).
Darak gapda used to - "d" bilan yoziladi: used to walk. "Use to" darak gapda xato - bu tipik imlo xatosi.
Last night - aniq vaqtdagi bir martalik voqea, shuning uchun Past Simple: snowed.
Used to dan keyin fe'l doim 1-shaklda keladi: used to be. "Used to was" yoki "used to were" xato.
In September 2023 - aniq sana, bir martalik voqea: Past Simple. Hit - noto'g'ri fe'l, 2-shakli ham hit.
Used to dan keyin V1: used to predict. "Predicted" yoki "predicting" bu qolipda kelmaydi.
Inkorda "d" tushib qoladi, chunki o'tgan zamon belgisi didn't da turibdi: didn't use to. "Didn't used to" - eng keng tarqalgan xato.
Used to so'roq gapi Did bilan yasaladi: Did + ega + use to + V1. Were/Was bu qolipda ishlatilmaydi.
In 2021 - aniq sana, bir martalik voqea. Bunday holatda used to ISHLATILMAYDI, faqat Past Simple: saw.
Har yozgi odat + "hozir unday emas" ma'nosi - aynan used to uchun: used to swim. Darak gapda "use to swim" xato, "swum" esa V3.
Gap HOZIRGI odat haqida (now - hozir ham sevimli ichimlik). Hozirgi odat uchun usually + Present Simple ishlatiladi: usually drink. Used to faqat o'tmishdagi, endi yo'q odatlar uchun.
Ma'no: issiq havoga O'RGANIB QOLGANMAN (hozir ham) - bu be used to qolipi: am used to hot weather. Used to bo'lganda "ilgari issiq havo bo'lardi, endi yo'q" degan g'alati ma'no chiqardi.
To'g'ri gap: The Aral Sea used to be the fourth largest lake (darak gapda used - d bilan, keyin V1). Qolganlarida xatolar bor: "didn't used to" (ortiqcha d), "Did ... used to" (ortiqcha d), "I use to play" (d tushirilgan).
Three times - sanalgan marta. Sanalgan takror bilan used to ishlatilmaydi, faqat Past Simple: snowed three times.
Used to ning asosiy urg'usi - odat O'TMISHDA bo'lgan va HOZIR davom etmayapti. Demak: endi u yerda suzmaymiz. Bir martalik voqea ham emas (u holda Past Simple bo'lardi).
O'tmishdagi holat inkori: didn't use to have (inkorda d-siz!). "Didn't used to have" imlo xatosi, "didn't have used" esa qolip buzilgan.